Amudaryo tumani 2-son texnikumi — yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, tuman va respublika miqyosida inson kapitalini rivojlantirishga hissa qoʻshib kelayotgan yetakchi professional taʼlim muassasalaridan biridir.
Muassasamiz faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli «Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbursizlari toʻgʻrisida»gi Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar asosida tashkil etilgan. Bugungi kunda texnikum yangi tashkil etilgan Kasbiy taʼlim agentligi tizimida faoliyat yuritib, mehnat bozori uchun raqobatbardosh, yuqori malakali va xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlamoqda.
Biz Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda xorijiy hamda mahalliy ish beruvchilar talablariga mos kasbiy va til oʻrgatish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqdamiz. Maqsadimiz — har bir bitiruvchining munosib ish oʻrniga ega boʻlishini taʼminlashdir.








